Biography B-hud

XXI asr atrofida

Radius 21 (Shaxzod G’ulomov) – “XXI asr atrofida” ma’nosini anglatuvchi bu nom O’zbekiston yoshu-qariyasiga juda ham yaxshi tanish. Serqirra san’ati va o’ziga hos uslubi sababli Radius-21 xalqga tez tanilidi. Uning ijodining kengligi va hamisha yagilikka bo’lgan intilishi muxlislarini doim chuqur hayratga, undan tashqari ijodkorning beixtiyor kayfiyatini his qilishga olib kelardi. O’zining ijod yo’lida Radius-21 Rap, R&B, Pop, Disco, Club, House, Rock&Roll Alternative Rock, Hard Rock, Reggae, Funk, Undeground Rap uslublarida o’zini namoyish etgan. Taqdir o’yini bilan ilk she’rini yozgan Shaxzod, she’riyat va musiqa olamiga umrining oxirigacha bog’lanib qolganligini o’zi ham bilmay qolgan. U hech qanday musiqa maktabiga bormagan – ammo yoshligida audio-kassetalarni bozor ichi sotib yurgan Shaxzod musiqa nima ekanligini yaxshi bilgan, uni yaratish uchun musiqani xis qilish va ijod qilish o’ta muhimligini yaxshi anglar edi. Uni hech qachon she’r yozishga o’rgatishmagan – lekin dildan chiqayotgan tuyg’ular she’riy satrlar bo’lib kelishi u uchun oddiy holat edi.
Shaxzod G’ulomov qo’shiq mavzusini tanlashda o’zgacha uslub bilan yondashar edi. Albatta, uning ijodlari ichida muhabbat xissini aks ettiruvchi qo’shiqlari bisyor, biroq ijodkor kichik doirada qolib ketmaslikni istardi. U inson ichida boshqa hil kechirmalar ham borligi va ular ham yurakda muhim joy egallashini yaxshi anglar edi. O’zining “Shekspir monologi”, “Tunggi kapalak”, “Feride”, “Noraso”, “Xotira”, “Ona”, “Ho’p, bo’pti, mayli”, “Последний курбаши”, “Turon”, “Pul jaraq” va boshqa ko’plab qo’shiqlarida Radius-21 hayotiy sur’at xaqiqatlarini, tarbiya va ahloq tushunchalarini ochiq aks etgan. Klassik uslubdan to zamonaviy uslubgacha bo’lgan barcha ijodida uning falsafiy qarashlari va vaziyatning mulohazasi yaqqol ko’rinib turar edi. Muhabbat mavzusi esa ushbu ijodkor tomonidan juda ham go’zal tasvirlanar edi.

Shaxzod sevgining barcha qirralarini ochib berishga intilgan. Radius-21 o’zning “Unutolmadim”, “Paydo bo’lding”, “Shekspir monologi”, “Dubay”, “Mag’rur”, “Drama”, “Ayriliq kuyi (Seni eslayman)”, “Begona bo’ldim”, “O-o-o-u!”, “Salom” va ko’plab boshqa qo’shiqlarida ishq, sog’inch, vafo va bevafolik, undagi rostlik hamda yolg’on, boylik uchun sevish, nafrat, sevgi baxti hamda undagi shirin tuyg’ularni tasvirlagan. Har bir yozilgan sevgi asari Radius-21ning o’zining akkordlari bilan uyg’unlashar edi.
Qo’shiqlaridagi soddalik uni beixtiyor yodlashga majbur qiladi, so’zlarning did bilan tanlanishi va ularning aktyorlik mahorati bilan ko’rsatishi esa mavzuning ichiga  olib kirib ketadi. Darhaqiqat, Shaxzod G’ulomov akyor ham edi, lekin ko’pincha kichik epizodlarda ishtirok etardi.
Bohodir Usmonov (B-Hud)